Raqamli madaniyat yuksaltirildi

Date:

Termiz shahrida xotin-qizlarning raqamli ko‘nikmalarini mustahkamlashga qaratilgan seminar-trening o‘tkazildi. Unda ishtirokchilar zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanish, internet xavfsizligi, onlayn xizmatlardan foydalanish, mobil ilovalar va elektron hukumat tizimining imkoniyatlari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar.

Mutaxassislar shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, onlayn firibgarliklardan ehtiyot bo‘lish hamda raqamli vositalardan foydalangan holda turli faoliyat turlarini rivojlantirish bo‘yicha tushuntirishlar berib, foydali tavsiyalarni ulashdilar.

Mazkur seminar xotin-qizlarning raqamli madaniyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy raqamli muhitda faol bo‘lishga undash va yangi imkoniyatlardan samarali foydalanishini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun