Tashabbusi oʻrnak

Date:

Denov tumanining “O‘zgarish” mahallasida istiqomat qilayotgan Murodjon Abdullayev oilaviy ko‘chatchilik yo‘nalishida ibratli faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Mahalla yoshlar yetakchisi ko‘magida u 33 million so‘m kredit olib, ko‘chatchilik faoliyatini kengaytirdi. Natijada Murodjon yiliga 100 million so‘mdan ortiq daromad topishga erishdi.

2026-yilgi 153-sonli qaror asosida unga ko‘chatchilikni yanada rivojlantirishi uchun qo‘shimcha yer maydoni ajratilishi belgilandi.

Murodjonning ushbu yutug‘i — “Yoshlar daftari – imkoniyatlar daftari” orqali taqdim etilgan imkoniyatlar yoshlar hayotida qanday real o‘zgarishlar yaratishini yana bir bor namoyon etmoqda. Uning mehnati, tashabbusi va intilishi boshqa yoshlar uchun ham motivatsiya bo‘la oladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ijtimoiy yordamlar shaffof va manzilli

Vazirlar Mahkamasining 25-fevraldagi 78-son qaroriga muvofiq “Yoshlar daftari” jamg‘armasi...

Ustamasi bor

Prezident farmoni bilan 2026—2028-yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar markazlari va...

YHQ jarimasi ustidan shikoyat

Yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun jarimalar bugun asosan avtomatik...

Tajribasi g‘alabaga eltadi

Sport vaziri Adkham Ikramovning navbatdagi tashrif manzili Termiz shahridagi...
KunTun
KunTun