Yagona elektron standartlar joriy etiladi

Date:

Mamlakatimizda nogironlikni belgilash jarayonidagi xatoliklarni bartaraf etish maqsadida yagona mezon va elektron tizim joriy etilmoqda. Avval kasallik turi, bemor holati va reabilitatsiya ehtiyojlarini aniqlashda umumiy standartlar bo‘lmagani sabab nogironlik bo‘yicha qarorlarda noaniqliklar yuzaga kelardi.

Yangi tartibga ko‘ra, nogironlikka sabab bo‘luvchi kasalliklar bo‘yicha yagona standart asosida elektron belgilash tizimi yo‘lga qo‘yiladi. Dastlab tizim Toshkent shahri va Navoiy viloyatida ishga tushiriladi, 2025-yil 1-oktyabrga qadar esa butun respublika bo‘ylab joriy etiladi.

Endilikda bemor haqidagi ma’lumotlar asosida nogironlik guruhi, muddati, parvarish va reabilitatsiya ehtiyoji, protez yoki reabilitatsiya vositasiga muhtojlik kabi ma’lumotlar “Yagona milliy ijtimoiy himoya” tizimida avtomatik shakllantiriladi. Bu esa jarayonning shaffof va aniq bo‘lishini ta’minlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Bayram sayli etadi davom

Qumqo‘rg‘on tumanida Navro‘z bayrami tantanali kayfiyat bilan davom etmoqda....

Art-terapiya qizg‘in tus oldi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Oltinsoy tuman ixtisoslashtirilgan...

Qalblarga ezgulik ulashib…

Jarqo‘rg‘on tumanida muborak Ramazon oyi munosabati bilan ezgu va...

Etika qoidalari tasdiqlandi

Adliya vazirligi tomonidan sun’iy intellektga asoslangan yechimlarni yaratish, joriy...
KunTun
KunTun