Tish emalini tiklaydi

Date:

Olimlar ilk bor tish emalining tabiiy tuzilishini buzmasdan, uni qayta tiklay oladigan innovatsion gel ishlab chiqdi. Ushbu gel tish yuzasidagi mayda yoriqlarni to‘ldiradi, emal kristallarining qayta o‘sishini rag‘batlantiradi va hosil bo‘lgan yangi qatlamni tabiiy to‘qima bilan uyg‘unlashtiradi.

Eng qiziq tomoni — gel tishlar tozalangandan keyin ham bir necha hafta davomida tish yuzasida saqlanib turadi, bu esa himoya qatlamining uzluksiz tiklanishiga imkon beradi.

Ushbu texnologiya stomatologiyada inqilobiy burilish yasashi kutilmoqda. Chunki gel kariyesning oldini olishda, shuningdek uning dastlabki bosqichlarini teshish va plombalashsiz davolashda muhim ahamiyat kasb etishi mumkin.

Gelning odamlar ustidagi klinik sinovlari kelasi yil boshida boshlanishi rejalashtirilgan bo‘lib, birinchi mahsulot 2026-yil oxirigacha bozorga chiqishi kutilmoqda.

Bu yangilik yaqin yillarda odamlarga og‘riqsiz, qulay va tabiiy tiklanishga asoslangan stomatologiya xizmatlaridan foydalanish imkonini berishi mumkin.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun