ADOLAT

Date:

Bir podshoh og‘ir xastalikka chalindi. Hakimlar bu dardni o‘n uch yoshli bolaning jigari davolashi mumkinligini aytdi. Podshoh navkarlari mamlakat kezib, o‘z farzandini sotishga rozi bo‘ladigan ota-onani topdilar.

Podshoh ota-onani rozi qildi, qozilar «Podsho salomatligi uchun xalqning bir vakilini qurbon qilishi vojibdir», deb hukm chiqarib berishdi.

Jallod bolta bilan bolaning oldiga kelganda u yig‘lash o‘rniga negadir tabassum qildi. Xayron bo‘lgan podshoh undan so‘radi:

— Hozir o‘lasan-u, jilmayishingning boisi ne?

Shunda bola:

— Bolaning erkaligini kim ko‘taradi? Ota-ona! Ammo o‘z ota-onam meni mol-dunyoga almashdi. Da’voni kimga qiladilar? Qoziga! Qozi o‘limimga fatvo chiqardi. Adolatni kimdan istaydilar? Podshohdan! Podshohga esa mening jonim kerak… Men bu olamning telba-teskari ishlariga ajablanib, jilmaydim, — deya javob qaytardi.

Bu gapni eshitib xaloyiq yig‘lab dod soldi, jallodning boltasi qo‘lidan tushdi, podshoh bolaga tan berib, uni ozod qildi va o‘z saroyida olib qoldi…

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

EKOLOGIK BILIM VA TASHABBUSLAR BELLASHUVI

Yosh avlodda ekologik madaniyatni yuksaltirish, tabiatga mas’uliyatli munosabatni shakllantirish...

Polvonlik shaʼni va mardlik sharafi ulugʻlanmoqda

Surxon vohasida azaldan mardlik, jasorat va polvonlik qadrlangan. Bugun...

Vazn toifasida tengsiz

Yoshlarning sport maydonlarida erishayotgan yutuqlari nafaqat ularning shaxsiy muvaffaqiyati,...

KITOBXON YOSHLAR SAFI KENGAYMOQDA

Oltinsoy tumanidagi 64-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida o‘quvchilar o‘rtasida...
KunTun
KunTun