Olimlar kengashdi

Date:

Termiz tumanida Surxon vohasi olim va yosh tadqiqotchilari tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy loyihalar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, qishloq xo‘jaligida samaradorlikni oshirish, suv resurslarini tejash va barqaror hosildorlikka erishish yo‘nalishidagi ishlanmalar bilan tanishdi.

Taqdimotda anor, zaytun, olcha yetishtirish hamda ekinlarni to‘qsonbosti usulida parvarishlash bo‘yicha loyihalar muhokama qilinib, ularning hudud sharoitiga moslashtirish masalalari ko‘rib chiqildi. Viloyat rahbari olimlarga iqlim o‘zgarishlarini inobatga olib, yuqori hosildor ekin navlarini yaratish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Shuningdek, “Getwork” agentligi tomonidan “Work and Travel” dasturi taqdim etilib, talabalarni xorijda mavsumiy ishlarga jalb etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun