Yevropa Kinofestivali – ijodiy ilhom manbayi

Date:

Termiz shahrida 10-Yevropa Kinofestivali tadbirlari o‘tkazildi. O‘zbekiston va Yevropa Ittifoqi o‘rtasidagi madaniy hamkorlik doirasida tashkil etilgan bu festival san’at va ijod orqali xalqlar o‘rtasidagi do‘stlikni mustahkamlashga, turli madaniyatlarni bir-biriga yaqinlashtirishga xizmat qildi.

Tadbir doirasida Yevropa Ittifoqining O‘zbekistondagi elchisi Toyvo Klaar ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazilib, festivalda namoyish etiladigan filmlar hamda kelgusidagi madaniy-gumanitar loyihalar haqida ma’lumot berildi.

“Yoshlar markazi”da esa yevropalik ijodkorlar tomonidan yaratilgan “Dekadent №2419” (Litva), “Ringdagi qirolicha” (Avstriya) kabi filmlar namoyish qilinib, tomoshabinlarda katta taassurot uyg‘otdi.

Bunday kinofestivallar tomoshabinlarda estetik didni oshirish, ijodkorlik ruhini kuchaytirish va madaniy tafakkurni boyitishga xizmat qiladi. Eng quvonarlisi, barcha kinonamoyishlarga kirish bepul bo‘lib, san’at ixlosmandlari uchun ochiq eshiklar yaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun