G‘olib sayohatga chiqadi

Date:

Yoshlarning ma’naviy olamini boyitish, ularni jadidlar merosi va ma’rifatparvarlik ruhida tarbiyalash maqsadida o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlovda tuman va shahar bosqichlarda g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 30 nafar iqtidorli o‘quvchi 2 ta yosh toifasida 3 shart asosida bellashdi.

Tanlovning 1-sharti doirasida ishtirokchi o‘quvchilar jadidlar hayoti, faoliyati va asarlariga oid bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Ular 10 ta savoldan iborat boshqotirmalarni to‘ldirib, o‘z tafakkuri, zukkoligi va tarixiy bilimlarini namoyon etishdi.

2-shartda ishtirokchilar bilet tortish orqali jadidlarning muayyan asarlariga oid o‘z fikr va tahlillarini bayon etishgan bo’lishsa, 3-shartda insho yozishdi. Ushbu bosqichda ishtirokchilar jadidlarning hayoti, ma’rifatparvarlik faoliyati, Vatan, millat va ta’lim haqidagi g‘oyalari asosida o‘z fikr-mulohazalarini qog‘ozga tushirishdi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan bu yil ikkinchi marotaba o‘tkazilayotgan “Jadidlar izidan” respublika tanlovi 656 ming nafardan ortiq o‘quvchilarni qamrab olgan yirik loyihalardan biriga aylandi.

Tanlovning respublika bosqichida har bir sinf toifasi bo‘yicha eng yuqori ball to‘plagan 7 nafardan (I, II, III o‘rin g‘oliblari hamda eng yuqori ball to‘plagan 4 nafar) jami 14 nafar ishtirokchi xorijiy davlatga ta’lim sayohatiga yuboriladi.

tanlov g‘oliblari quyidagicha:

6–8-sinf toifasida:

1-o‘rin — Keldiyorov Muhammaddiyor – Jarqo‘rg‘on tumani, 16-maktabning 8-sinf o‘quvchisi

2-o‘rin — Amirqulova Dildora – Oltinsoy tumani, 70-maktabning 8-sinf o‘quvchisi

3-o‘rin — Oltiboyeva Ma’rifat – Termiz shahri, 4-maktabning 8-sinf o‘quvchisi

9–10-sinf toifasida:

1-o‘rin — Keldiyorova Maqsuda – Jarqo‘rg‘on tumani, 16-maktabning 10-sinf o‘quvchisi

2-o‘rin — Usmonova Sevara – Qiziriq tumani, 9-maktabning 10-sinf o‘quvchisi

3-o‘rin — Fayzullayeva Mehrangiz – Sherobod tumani, 37-maktabning 9-sinf o‘quvchisi

“Jadidlar izidan” tanlovi g‘oliblari diplom va qimmatbaho esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ilg‘or tajriba bilan…

Bugun insoniyat taraqqiyotning yangi-yangi cho‘qqilarini zabt etmoqda. Lekin keyingi...

Halollik do‘st, nafs esa dushman

Jamiyatda adolat va halollik eng muhim mezon bo‘lib, ayniqsa,...

To‘siq ham, imkoniyat ham bor…

Globallashuv jarayonida xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan ehtiyoj ortib bormoqda....

Alp yigitlar qaydasiz?!

So‘nggi yillarda O‘zbekistonda xotin-qizlar huquqlarini himoya qilish, ularni tazyiq...
KunTun
KunTun