Tez tibbiy yordam — xizmat yanada faollashadi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumanida “Tashabbusli byudjet” loyihasi doirasida aholining taklifi bilan qurilgan yangi tez tibbiy yordam bo‘limi foydalanishga topshirildi. Tadbirda viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov, soha mutasaddilari va mahalla faollari ishtirok etib, yangi binoda yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Mazkur bo‘lim aholiga tezkor va sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yish, shoshilinch holatlarda inson hayotini saqlab qolish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Shuningdek, hokim mahalliy byudjet hisobidan ta’mirlangan Ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikadagi ishlar bilan ham tanishib, tibbiyot xodimlariga sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va profilaktika ishlarini kuchaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun