Tashabbus oʻzini oqlayaptimi?

Date:

Prezidentimiz tashabbusi bilan amalga oshirilayotgan “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasida aholiga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimini kengaytirish, oilalarning mehnat faoliyatiga to‘siq bo‘layotgan omillarni bartaraf etish hamda ijtimoiy himoyani kuchaytirish bo‘yicha qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, Surxondaryo viloyati hududlarida ham mazkur vazifalar doirasida 3 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan nogironligi mavjud bolalar uchun davlat-xususiy sheriklik asosida kunduzgi parvarish xizmatlari yo‘lga qo‘yilmoqda.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrifi davomida “Shohzamon qurilish ta’mirlash” MCHJ tomonidan tashkil etilgan kunduzgi parvarish xizmati faoliyati bilan tanishdi. Markazda 3-18 yoshdagi 15 nafar nogironligi bo‘lgan bolalarni sog‘lomlashtirish, ta’lim berish va parvarishlash ishlari amalga oshirilmoqda.

Yaratilgan sharoitlar bilan tanishgan viloyat rahbari Ijtimoiy himoya boshqarmasi mutasaddilari hisobotlarini tinglab, bu yo‘nalishdagi faoliyatni kengaytirish, xizmatlar qamrovini oshirish, ota-onalar uchun qulayliklar yaratish va ijtimoiy himoya tizimini yanada kuchaytirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun