Suvdan unumli foydalansak…

Date:

Ayni kunlarda Surxondaryo viloyatida 2026-yilgi g‘alla hosili uchun boshoqli don ekish ishlari jadal sur’atlarda davom etmoqda. Yerga qadalgan urug‘ning sifatli va tez unib chiqishi, yuqori hosil olish uchun esa suv resurslaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.

Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov Bandixon tumaniga tashrifi yakunida mazkur yo‘nalishdagi vazifalar ijrosini o‘rgandi. Mas’ullar irrigatsiya tarmoqlarini modernizatsiya qilish, suv yetkazib berish va xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish yuzasidan axborot berdilar.

Suv resurslaridan unumli va tejamkor foydalanish, bebaho ne’mat sifatida asrab-avaylash hamda uning behuda sarf bo‘lishining oldini olishga xizmat qiluvchi zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, mas’ullarga qishloq xo‘jaligi ishlarini belgilangan agrotexnik talablarga muvofiq tashkil etish va urug‘ ekish jarayonlarini sifatli amalga oshirish bo‘yicha aniq vazifalar yuklatildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun