Jinoyatlar 21 foizga kamaydi

Date:

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar ularning har tomonlama kamol topishi, jamiyatda faol o‘rin egallashi uchun mustahkam zamin bo‘lmoqda. Shunga qaramay, ayrim yoshlar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatlar sodir etilishi hamon dolzarb masala bo‘lib qolmoqda. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat sodir etganlarning har uchinchisi yoshlar orasidan chiqayotgani bu yo‘nalishda yanada jiddiy choralar ko‘rish zaruratini ko‘rsatmoqda.
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida yoshlar bandligini ta’minlash, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, huquqbuzarliklarning oldini olish va ma’naviy immunitetni mustahkamlash bo‘yicha qator vazifalar belgilab berildi. Bugun bu topshiriqlar asosida respublika miqyosida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi ham bu borada ilg‘or tajribalar asosida yangicha mexanizmlarni joriy etib, yoshlar bilan ishlashda samarali yondashuvlarni tatbiq etmoqda. Boshqarma rahbari Temur Ismoilov rahbarligida viloyatda yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, ijtimoiy faolligini kuchaytirish va jinoyatchilikning oldini olish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.


Xususan, “Yosh patrul” tashabbusi doirasida 2024–2025-yillar davomida 5 mingdan ortiq yosh huquqiy bilim va majburiyatlar bo‘yicha treninglarda qatnashdi. Viloyat Ichki ishlar boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi, ta’lim muassasalari hamda mahalliy tashkilotlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik yo‘lga qo‘yilib, yoshlar orasida huquqiy madaniyatni oshirishga xizmat qiluvchi yuzlab seminar va uchrashuvlar o‘tkazildi.
2025-yilning o‘tgan to‘qqiz oyida viloyatda 10 mingdan ortiq ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib, 12 mingdan ziyod o‘quvchi va talaba-yosh ishtirok etdi. “Tig‘” va “Davomat” loyihalari doirasida sababsiz dars qoldirayotgan 900 nafardan ortiq o‘quvchi o‘z o‘qishiga qaytarildi. “Tungi reyd” tadbirlarida esa 800 nafar voyaga yetmagan yosh bilan bog‘liq holatlar aniqlanib, ularning ijtimoiy muammolari o‘rganildi, zarur choralar ko‘rildi.
Buning natijasida viloyatda yoshlar o‘rtasida jinoyatlar soni 21 foizga kamaydi, 14 ta tuman va shaharda bu borada ijobiy natijalarga erishildi. Mazkur ko‘rsatkichlar yoshlar bilan tizimli va manzilli ishlashning amaliy samarasidan dalolat beradi.
Bugungi globallashuv davrida yoshlarning ongi va dunyoqarashiga turli yot g‘oyalar, zararli axborotlar ta’sir ko‘rsatishi ehtimoli yuqori. Shu bois Surxondaryoda yoshlarni ma’naviy jihatdan tarbiyalash, milliy qadriyatlarga hurmat ruhida ulg‘aytirish, internetdagi salbiy oqimlarga qarshi immunitetini mustahkamlash borasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
— Biz yoshlar jinoyatchiligining ildizini chuqur o‘rganib, ularning sabab va omillarini tahlil qilamiz, — deydi viloyat IIB boshlig‘i Temur Ismoilov. — Shu asosda aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqib, Surxondaryoni yoshlar o‘rtasida jinoyat va huquqbuzarliklardan holi hududga aylantirishni maqsad qilganmiz.
Xulosa qilib aytganda, yoshlar bilan tizimli ishlash, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish, huquqiy bilimlarini oshirish va ma’naviy barkamol shaxs sifatida tarbiyalash — jinoyatchilikning eng samarali profilaktikasidir. Surxondaryoda yo‘lga qo‘yilgan bu amaliy tajribalar boshqa hududlar uchun ham ibrat bo‘la oladi.

Dilmurod Sattorov,
Sariosiyo tumani “Billur” MFY yoshlar yetakchisi,
tuman Yoshlat maslahat guruhi rahbari

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Vazir TerDPIda

Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Eʼzoza Karimova Termiz davlat...

Polimer quvurlar o’zimizda ishlab chiqariladi

Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Hukumati delegatsiyasi tarkibida Rossiya Federatsiyasida...

Inson resurslari rivojlantiriladi

Surxondaryo viloyati hokimligida Boshqaruv samaradorligi agentligining viloyat filiali hamda...

Oldindan prognoz qilinadi

O‘zbekistonda seysmik xavfsizlikni ta’minlash sohasida sun’iy intellekt texnologiyalari joriy...
KunTun
KunTun