O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

Date:

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida tarmoqni sinov tariqasida ishga tushirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda bosh vazir Abdulla Aripov Qozog‘istonning Chimkent shahrida o‘tayotgan Digital Qazaqstan 2026 forumida ma’lum qildi.

Mamlakatda internet qamrovi sezilarli oshgan bo‘lsa-da, asosiy e’tibor endi chekka va olis hududlarda aloqa sifatini yaxshilashga qaratilmoqda. Sun’iy yo‘ldosh interneti aynan shu muammoni hal etishga xizmat qiladi.

Agar loyiha muvaffaqiyatli amalga oshirilsa, chekka hududlar aholisi barqaror internetga ega bo‘lib, masofaviy ish, onlayn ta’lim, telemeditsina va raqamli xizmatlardan foydalanish imkoniyatlari kengayadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun