Istiqboldagi vazifalar belgilandi

Date:

Surxondaryo viloyatida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi viloyat, shahar va tuman Kengashlarining III qo‘shma Plenumi o‘tkazildi. Tadbirda 2025-yil faoliyati tahlil qilinib, ommaviy axborot, deputatlar faoliyati, fuqarolar murojaatlari va targ‘ibot ishlari natijalari ko‘rib chiqildi.

Plenumda 4836 ta axborot chiqishi, 222 ta fuqarolar murojaati, 630 ta deputatlik so‘rovlari va 690 ta tadbir orqali 32 531 nafar fuqaro qamrab olingani qayd etildi. Shu bilan birga, partiya a’zolari soni 50 mingdan oshgani va boshlang‘ich tashkilotlar 779 taga yetgani ma’lum qilindi.

Yig‘ilishda deputatlar faolligini oshirish, aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini kuchaytirish, axborot maydonida ishtirokni kengaytirish hamda yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlashda innovatsion yondashuvlarni joriy etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun