Talabalar insho yozdi

Date:

21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Termiz davlat universitetida talabalar o‘rtasida “Ona tilim – faxrim, g‘ururim” mavzusida insholar tanlovi tashkil etildi. Tanlovda universitetning barcha fakultetlaridan iqtidorli, faol va zukko talabalar ishtirok etib, ona tilining jamiyatdagi o‘rni, millat hayotidagi ahamiyati, shuningdek, uni asrab-avaylash borasidagi shaxsiy qarashlarini o‘z insho va chiqishlari orqali ifoda etdilar.

Mazkur tanlov talabalarda ona tiliga muhabbat va hurmat tuyg‘usini yanada mustahkamlash, ularni adabiy nutq meyorlariga amal qilish, savodxonlik va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, shuningdek, davlat tilining nufuzini oshirishga hissa qo‘shishdan iboratdir.

Baholash jarayonida ishtirokchilarning til boyligidan to‘g‘ri foydalanish, mantiqiy fikrlash, badiiy ifoda vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari e’tiborga olindi.

Yakunda g‘olib va faol ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanib, ularning ijodiy izlanishlari e’tirof etildi. Bunday tanlovlar yoshlarning ona tiliga mehrini kuchaytirish, milliy g‘urur va ma’naviy o‘zlikni anglash tuyg‘ularini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun