“Qizil” toifadagi mahallalar muhokamada

Date:

Prezident topshiriqlariga muvofiq, jinoyatchilik darajasi yuqori bo‘lgan hududlarda mas’ullar va jamoatchilik ishtirokida muhokamalar o‘tkazish amaliyoti davom etmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida Termiz shahrining “Bog‘ishamol” va “Kattabog‘” mahallalarida o‘tgan yig‘ilishda jinoyatchilikning oldini olish, huquqbuzarliklar profilaktikasini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishda jinoyatlarning sabablari tahlil qilinib, ularni bartaraf etish va fuqarolar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.
Shuningdek, viloyat hokimi Termizdagi ko‘p qavatli uylar qurilishi jarayonlarini ham ko‘zdan kechirdi, loyihalarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan topshiriqlar berdi.
Bundan tashqari, Termiz shahar politexnikumida qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish hamda O‘zbekiston–Yaponiya texnologiya universiteti loyihasi taqdimoti o‘tkazilib, malakali kadrlar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun