“Qadring baland bo‘lsin, Ona tilim!”

Date:

Til — millat ma’naviyatining mezoni, uning tarixiy xotirasi va ruhidir. Ona tilimizning qadri va qimmati tiklangan bugungi kunda, xalqimizning tilga bo‘lgan ehtiromi va mehr-muhabbati yanada yuksak darajada namoyon bo‘lmoqda.
Boysun tumanidagi Markaziy madaniyat uyida 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan tantanali tadbir o‘tkazildi. Tadbirda tuman hokimligi, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, ta’lim tizimi vakillari, faxriylar, faollar hamda yoshlar ishtirok etdilar.


Bayram dasturida madaniyat bo‘limi san’atkorlari va iqtidorli o‘quvchilar tomonidan ona tilini madh etuvchi she’r, ruboiy, g‘azal va qo‘shiqlar ijro etilib, ishtirokchilarga bayramona ruh va faxr tuyg‘usi ulashildi. Bu kabi tadbirlar yosh avlodda ona tiliga hurmat, milliy g‘urur va ma’naviy uyg‘oqlikni yanada kuchaytiradi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun