142 murojaat koʻrib chiqildi

Date:

Surxondaryo viloyatida fuqarolar bilan ochiq muloqotni yo‘lga qo‘yish va murojaatlarni tizimli hal etishga qaratilgan onlayn qabullar davom etmoqda. Viloyat hokimi Ulug‘bek Qosimov rahbarligida shahar va tumanlar studiyalari orqali navbatdagi ommaviy onlayn qabul bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda avvalgi qabullarda kelib tushgan murojaatlarning ijrosi tahlil qilinib, ayrim mas’ullar murojaatlarni lozim darajada o‘rganmagani uchun intizomiy javobgarlikka tortildi.

Qabul davomida 115 nafar fuqaroning 142 ta murojaati tinglandi. Ulardan 34 tasi joyida ijobiy hal etildi, qolganlari esa mas’ullarga biriktirilib, qat’iy nazoratga olindi.

Shuningdek, “Kambag‘allikdan farovonlik sari” dasturi doirasidagi ishlar ham ko‘rib chiqilib, aholi muammolarini manzilli hal etish bo‘yicha chora-tadbirlar belgilandi.

Oldingi sahifaMuammolar joyida hal
Keyingi sahifaAdabiy uchrashuvda

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun