Yangi UZ kodi joriy etildi

Date:

O‘zbekistondagi barcha aeroportlarning IKAO kodi yangilanadi — endilikda UT o‘rniga UZ kodi qo‘llaniladi. Bu haqda Transport vazirligi huzuridagi “O‘zaeronavigatsiya” markazi xabar berdi.
Shuningdek, mamlakat havo hududida yagona o‘tish balandligi – 13 ming fut (4 km) va o‘tish esheloni – FL150 (4,5 km) joriy etiladi. Avval bu ko‘rsatkichlar 6000 va 8000 fut edi.
Mazkur o‘zgarishlar uchuvchilar va dispetcherlar ishini yengillashtiradi, radioaloqa yuklamasini kamaytiradi, havo harakatini aniqroq va xavfsizroq qiladi. Shuningdek, yoqilg‘i tejalishi va chiqindilar kamayishi hisobiga iqtisodiy samaradorlik ham oshadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Toshkent sahnasida “Momo yer”

Toshkentdagi Muqimiy teatrida Respublika teatr festivali doirasida Surxondaryo, Samarqand...

Hakim Termiziy merosi dunyo olimlari nigohida

Termiz shahridagi Imom Termiziy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazida buyuk alloma...

O‘quvchilar harbiylar bilan uchrashdi

Denov tumanidagi 76-sonli umumta’lim maktabida Xayrabod garnizonida joylashgan harbiy...

Yagona imtihon joriy etiladimi?

O‘zbekistonda maktab o‘quvchilarining bilimini baholash va yakuniy imtihonlar tartibini...
KunTun
KunTun