Kemamodel  chempionati o‘tkazildi

Date:

Termiz shahrida kemamodel sporti bo‘yicha O‘zbekiston chempionati yuqori tashkilotchilik darajasida bo‘lib o‘tdi. Musobaqa «Vatanparvar» tashkiloti Markaziy kengashining tavsiyasi va Surxondaryo viloyat kengashi tashabbusi bilan uyushtirildi.

Bellashuvlarda mamlakatimizning 8 ta hududidan kelgan 50 dan ortiq sportchi ishtirok etib, o‘z sinflaridagi kemamodellar yordamida aniqlik va tezlik bo‘yicha kuch sinashtilar.

Yakuniy natijalarga ko‘ra, 1-o‘rinni Toshkent, 2-o‘rinni Farg‘ona, 3-o‘rinni esa Surxondaryo viloyati jamoasi qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga, Abdiyev Azizbek, Baxtiyorov Avazbek, Sabitov Mansur va Abdumalikov Ag‘zam individual yo‘nalishlarda eng yaxshi natijalarni ko‘rsatishdi.

G‘olib va sovrindorlar «Vatanparvar» tashkiloti tomonidan diplom, kubok va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Chempionat ishtirokchilari uchun bu tadbir sport mahoratlarini namoyish etish va kelgusi musobaqalarga tayyorgarlik ko‘rishda muhim tajriba maktabi bo‘ldi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun