Tibbiy xizmat yaxshilanadi

Date:

Qumqo‘rg‘on tumani “Cho‘kirli” mahallasida 27 ming 325 nafar aholiga xizmat ko‘rsatadigan yangi, zamonaviy 36-sonli oilaviy poliklinika foydalanishga topshirildi.

Tantanali ochilish marosimida tuman hokimi Anvar Normamatov, nuroniylar, soha mutasaddilari va faollar ishtirok etishdi. Hokim o‘z nutqida yangi tibbiyot maskani aholiga sifatli va tezkor tibbiy xizmat ko‘rsatishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Poliklinika zamonaviy tibbiy uskunalar bilan jihozlanib, umumiy amaliyot shifokori, pediatriya, stomatologiya, laboratoriya va fizioterapiya bo‘limlarini o‘z ichiga oladi.

Yangi tibbiyot maskani hudud aholisi sog‘ligini asrash va sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishda muhim rol o‘ynaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun