500 gektarga hayot

Date:

Jarqo‘rg‘on tumanida uzoq yillardan beri davom etib kelayotgan suv taqchilligi muammosini bartaraf etish yo‘lida amaliy qadam qo‘yildi. Tumanning “Qoraqursoq”, “Qorayontoq”, “Qo‘shtepa” va “Yangiobod” mahallalarida 500 gektardan ortiq qishloq xo‘jaligi yerlarini sug‘orish suvi bilan ta’minlashga qaratilgan yirik infratuzilma loyihasi ishga tushirilmoqda.

Loyiha doirasida quvvati 500 litr/soniyada ishlovchi zamonaviy nasos stansiyasi o‘rnatilib, mavjud kanal bo‘ylab 2,5 kilometr uzunlikda bosimli quvur tortilishi rejalashtirilgan. Bu esa nafaqat hosildorlikni oshirish, balki qishloq xo‘jaligida suvdan samarali va tejamkor foydalanish imkonini yaratadi.

Mazkur tashabbus tufayli mintaqadagi yerlarning meliorativ holati yaxshilanadi, suv resurslari barqaror taqsimlanadi hamda mahalliy fermer xo‘jaliklari va aholi ehtiyojlari to‘liq qondiriladi. Eng muhimi, loyiha doirasida suv ta’minoti tizimining modernizatsiyasi yangi ish o‘rinlarini yaratish, qishloq infratuzilmasini rivojlantirish va aholining turmush darajasini oshirishga xizmat qiladi. Bu kabi ekologik toza, tejamkor va uzoq muddatli natija beruvchi loyihalar nafaqat qishloq xo‘jaligi rivoji, balki mintaqaviy iqtisodiyot barqarorligi va aholining farovon hayoti uchun ham muhim omil hisoblanadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun