Gazballon o‘rnatilganda texpasportni almashtirish shartmas

Date:

2025-yil 1-noyabrdan boshlab avtomobillarga gazballon o‘rnatilgani haqida ma’lumotlar faqat elektron shaklda yuritiladi. Endilikda texnik pasportni yangilash yoki almashtirish talab qilinmaydi. Bu Prezidentning 2025-yil 16-sentyabrdagi qaroriga asosan belgilangan.

Yangi tartibning afzalliklari:

Texnik pasport almashtirishga hojat yo‘q – vaqt va xarajat tejaladi;

Jarayon avtomatlashtirilgan – hujjat yuritishda soddalik;

Ma’lumotlar real vaqtda elektron tizimda saqlanadi – shaffoflik va aniqlik ta’minlanadi.

Shuningdek, yaqinda ishga tushirilgan UGaz tizimi orqali gaz quyish shoxobchalarida avtomobilning texnik ko‘rigidan o‘tgan-o‘tmagani avtomatik aniqlanadi. Tizim:

Texnik ko‘rik muddati tugagan bo‘lsa – operatorni ogohlantiradi;

Mos bo‘lmagan yoqilg‘i turi yoki ro‘yxatdan o‘tmagan gazballon aniqlansa – shu zahoti axborot beradi.

Bundan tashqari, avgust oyidan boshlab gazballon o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish tartibi ham yengillashtirildi. Endi my.gov.uz portali orqali onlayn ariza topshirish kifoya, qolgan jarayonni Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimlari amalga oshiradi. Arizalar 10 kun ichida ko‘rib chiqiladi, xizmat narxi esa atigi 0,3 BHM – 123 600 so‘mni tashkil etadi.

Yangi tartib avtomobil egalari uchun qulaylik yaratish, byurokratik jarayonlarni kamaytirish va raqamli boshqaruvni kuchaytirishga qaratilgan muhim qadamdir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Har bir topilma — tarixga qo‘shilgan yangi sahifa

Ba’zi tarixiy maskanlar o‘tmish haqida hikoya qilmaydi — ular...

Mehnatga munosib ehtirom

Jamiyat taraqqiyoti yo‘lida fidokorona xizmat qilgan insonlarni e’zozlash —...

Xalqaro hamkorlik ko‘lami belgilandi

Bugungi kunda universitetlar nufuzi nafaqat ichki salohiyat, balki xalqaro...

Oila qayta tiklandi

Ba’zan eng muhim natija sud qarorlari yoki ijro hujjatlari...
KunTun
KunTun