Vohamizda turizm istiqbollari

Date:

Surxon vohasi — yurtimizning eng janubiy darvozasi bo‘lish bilan birga o‘zining tabiiy boyliklari, qadimiy tarixi va madaniy merosi bilan sayyohlar e’tiborini tortadigan hudud. Darband darasi, Termiz arxeologik yodgorliklari, Fayoztepa va Kampirtepa kabi qadimiy shahar qoldiqlari nafaqat mamlakatimiz, balki jahon tarixining bebaho durdonalari hisoblanadi.
Shu bilan birga, Surxon vohasi buddizm dini tarqalishi va rivojlanishida ham muhim markazlardan biri bo‘lgan. Shu bois hududimizda bu din tarixi va madaniyatidan darak beruvchi noyob yodgorliklar saqlanib qolgan.
Bugungi kunda mazkur tarixiy obidalar buddizmga e’tiqod qiluvchi mamlakatlar, jumladan, Sharqiy va Janubi-Sharqiy Osiyo davlatlaridan tashrif buyuruvchi sayyohlarda katta qiziqish uyg‘otmoqda.
Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Jo‘rabek To‘rayev viloyatga tashrif buyurgan Tailand Qirolligi Madaniyat vazirligi Milliy muzeyi Amaliy san’atlar departamenti direktori Nitaya Kanokmongkol xonim boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuvda buddizm yodgorliklarini asrab-avaylash va restavratsiya qilish, turizm sohasida hamkorlik aloqalarini kengaytirish hamda sayyohlar oqimini oshirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Shuningdek, mehmonlar tashrif davomida viloyat muzeylari bilan tanishi, boy ma’lumotlar hamda taassurotlar olishdi. Oliy ta’lim muassasalari va buddizm yodgorliklari bilan yaqindan tanishuv ham tashrif rejasiga kiritilgan.
Ushbu xalqaro hamkorlikning yo‘lga qo‘yilishi va muzeylar faoliyatining kengayishi Surxondaryoni muhim turizm markaziga aylantiradi. Bu esa kelajakda viloyat iqtisodiyotini yuksaltirish va mamlakatimizning xalqaro maydondagi nufuzini oshirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Tarixiy natija qayd etdi

Xitoyning Usi shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionatida surxondaryolik sportchi...

Kasbiy tayyorgarligi oshiriladi

Surxondaryo viloyatida Mudofaa vazirligi va Viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi...

Bolajonlar kelajagi yo‘lida

Mamlakatimizda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, bolalarni erta yoshdan sifatli...

Profilaktik tadbirlar davom etmoqda

Hammaga ma’lumki, hozirgi kunda yurtimizda Favqulodda vaziyatlarning oldini olish...
KunTun
KunTun