Kasbiy tayyorgarligi oshiriladi

Date:

Surxondaryo viloyatida Mudofaa vazirligi va Viloyat kasbiy ta’lim boshqarmasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Mazkur kelishuv muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan askarlarni amaliy kasblarga o‘qitish, axborot texnologiyalari va kasb-hunar ko‘nikmalarini oshirish, shuningdek, xizmatdan so‘ng jamiyatda munosib o‘rin egallashini ta’minlashga qaratilgan.

Harbiy xizmatchilar “Axborot texnologiyalari”, “Payvandlash ishlari” va “Chilangarlik ishlari” bo‘yicha ikki oylik kurslardan o‘tadi. Ushbu tashabbus yoshlarni malakali, raqobatbardosh va vatanparvar kadrlar sifatida shakllanishiga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Maqsad — aholini xavfdan asrash

Surxondaryo viloyatida o‘tkazilayotgan hamkorlikdagi qo‘mondonlik-shtab o‘quv mashqlarining uchinchi kunida...

Xavfli vaziyatlarda inson hayoti ustuvor

Boysun tumanida favqulodda vaziyatlarning oldini olish va aholi xavfsizligini...

Ichki yo‘llar asfaltlandi

Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Bo‘ston" mahallasida fuqarolarning taklif va tashabbuslari asosida...

Talablar kuchayadi

O‘zbekistonda 2026-yil 1-noyabrdan tadbirkorlar tomonidan o‘rnatilgan maxsus foto va...
KunTun
KunTun