Ogohlik – xavfsiz hayot kafolati

Date:

Yurtimizda aholi xavfsizligini ta’minlash, yong‘inlarning oldini olish hamda favqulodda vaziyatlarda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalarini shakllantirish maqsadida “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi keng ko‘lamda amalga oshirilmoqda.
Mazkur kampaniya doirasida Qumqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan ham tizimli ishlar yo‘lga qo‘yilgan.
Avvalo, aholi o‘rtasida turli targ‘ibot va tushuntirish tadbirlari olib borilmoqda. Tumanning ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy-ma’rifiy muassasalarida uchrashuvlar tashkil etilib, yoshlar va fuqarolarga yong‘in xavfsizligi qoidalari, elektr va gaz jihozlaridan xavfsiz foydalanish, ochiq olovdan ehtiyotkorlik bilan muomala qilish kabi masalalar batafsil tushuntirilmoqda. Shuningdek, ko‘p qavatli uy-joylar, bozorlar, yirik savdo majmualari va ishlab chiqarish korxonalarida profilaktik ko‘riklar o‘tkazilmoqda. Tekshiruvlar jarayonida yong‘inga qarshi kurash vositalari va uskunalarning holati, evakuatsiya yo‘laklari, isitish tizimlari, elektr va gaz tarmoqlarining holati ko‘rib chiqilib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha mas’ul shaxslarga topshiriqlar berilmoqda.
Tadbirlar doirasida aholining ogohlik darajasini oshirish maqsadida amaliy mashg‘ulotlar va ko‘rgazmali chiqishlar ham tashkil etilmoqda. Xususan, turli o‘quv mashqlari orqali fuqarolarga yong‘in yoki boshqa favqulodda holatlar yuzaga kelganda to‘g‘ri harakat qilish ko‘nikmalari o‘rgatilmoqda. Bolalar va yoshlar uchun tayyorlangan ko‘rgazmali vositalar esa ularning xavfsizlik madaniyatini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Qish mavsumi arafasida esa tuman aholisiga isitish pechlari va gaz plitalaridan xavfsiz foydalanish, is gazidan zaharlanishning oldini olish choralari, uy xo‘jaligida tez yonuvchi mahsulotlarni saqlash qoidalari haqida alohida tushuntirish ishlari olib borilmoqda.
“Yong‘indan ogohlik” umummilliy kampaniyasi aholini ogoh va mas’uliyatli bo‘lishga, xavfsizlik qoidalariga qat’iy amal qilishga undaydi. Bu esa faqatgina moddiy zararlarning emas, balki inson hayotiga tahdid soluvchi halokatli oqibat-larning ham oldini olishga xizmat qiladi.
Xulosa qilib aytganda, bundayin keng qamrovli chora-tadbirlar har bir fuqaroning ogohligi va mas’uliyatini oshirib, ushbu jarayonga hissa qo‘shishga undaydi.

Faxriddin Badalov,
Qumqo‘rg‘on tuman FVB boshlig‘i, podpolkovnik

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Hamma narsa pul bilan hal bo‘ladi…mi?

Tasavvur qiling: yangi maktab qurilishi uchun ajratilgan mablag‘ning bir...

Samarqandga safar: tarix, mehr va ilhom manzili

“O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori ostida ishchi va xodimlarni...

“Vatanparvar” bog‘ida unutilmas kun…

Harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarining bo‘sh vaqtini mazmunli...

Takrorlardan xoli…mi?!

Xususiy notarial institutining rivojlanishi notarius faoliyatini samarali tashkil etish...
KunTun
KunTun