Yangi tantanalar saroyi ochildi

Date:

Muzrabot tumanida katta xursandchilik – “Navro‘z” mahallasidan chiqqan, hozirda Toshkent shahrida yirik tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘ygan kamtarin va saxovatpesha yurtdoshimiz Kamoliddin Namozov hamda uning farzandi Husniddin Boymuhammedov tomonidan zamonaviy tantanalar saroyi barpo etilib, foydalanishga topshirildi.

Ochilish marosimi haqiqiy bayramona ruhda, katta shodiyonalar bilan o‘tdi. Ayniqsa, tadbirkorning ezgu tashabbusi asosida oilaviy sharoiti og‘ir bo‘lgan 12 nafar bolajonning sunnat to‘yi ham o‘tkazilgani barchaning ko‘nglini yayratdi. Ularning ota-onalari, yaqinlari, mahalla oqsoqollari va ziyolilar ishtirokida o‘tgan bu marosim xalqimizning qadimiy qadriyatlari – mehr-oqibat, saxovat va hamjihatlikning yorqin ifodasiga aylandi.

Marosim davomida mashhur san’atkorlarning kuy-qo‘shiqlari yangradi, sahnadagi shodiyona va quvonchli lahzalar mehmonlarning yuzida beqiyos tabassum uyg‘otdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Qurilish ishlari reja-grafikdan ortda…

Termiz shahridagi “Manguzar” mahallasida Davlat Investitsiya dasturi doirasida 504...

Turon Turkistondan qadimiyroq

Turon va uning hududi haqidagi taxminlar juda ko‘p. Biroq...

Kelajak — bizning qo‘limizda

Bugun yurtimizda yoshlarga qaratilayotgan e’tibor, yaratilayotgan imkoniyat va imtiyozlar...

Taraqqiyot —  ongda,  shukrda, mas’uliyatda…

Bugun vohamizda, xususan Termiz tumanida bo‘layotgan o‘zgarishlar oddiy hodisa...
KunTun
KunTun