Talabalar uchun yangi imkoniyat

Date:

Termiz davlat universiteti kampusida mukammal ta’mirdan chiqqan yirik oshxona o‘z faoliyatini tantanali tarzda qayta boshladi. Endilikda nafaqat talabalar, balki professor-o‘qituvchilar, oshpazlar va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar ham zamonaviy sharoitdan foydalanish imkoniga ega bo‘ldi.

Ta’mirlash ishlari yozgi ta’til davrida boshlangan bo‘lib, oshxona sanitariya-gigiyena talablariga to‘liq moslashtirildi. Xavfsizlik va fuqaro muhofazasi meyorlari qayta ko‘rib chiqildi, oshpaz va xodimlar uchun alohida qulayliklar yaratildi. Shu bilan birga, energiya tejamkor va samaradorligi yuqori bo‘lgan maishiy texnikalar o‘rnatilishi tufayli endilikda 10 dan ortiq milliy va zamonaviy taomlar sifatli hamda maqbul narxlarda taqdim etiladi.

An’anaga ko‘ra, oshxona qayta ish boshlashi munosabati bilan ehson oshi tarqatildi. Bu esa xalqimizning qadimiy saxovat va baraka an’analarining davomidir.

Zamonaviy kampus oshxonasi nafaqat talabalar uchun to‘yimli ovqatlanish manbai, balki sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi. Zero, sifatli ovqatlanish yoshlarda bilim olish samaradorligini oshiradi, ularning kayfiyatiga va salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Bunday sharoitlarning yaratilishi davlatimiz ta’lim muassasalarida yoshlar uchun qulay muhit yaratish, ularning sog‘lom va baxtli avlod sifatida kamol topishlari yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarning yorqin namunasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

YANGI DAVR — STRATEGIK SHERIKLIK SARI

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil noyabr oyi boshida Amerika...

Prezident tashabbusini YUNESKO qo‘llab-quvvatladi

Xalqaro ekspertlarning e’tirof etishicha, YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasini 2025-yilda...

Ko‘rinmas xavf

Ob-havoning sovishi bilan uylarda isitish tizimlaridan, gaz plitalari va...

Chalasavodlar haydovchi bo‘la olmaydi

Surxondaryo viloyatida yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, haydovchilik guvohnomasi olish...
KunTun
KunTun