Estafeta Qashqadaryoga topshirildi

Date:

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tashabbusi bilan o‘quvchi yoshlar va aholi  o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, faol kitobxonlarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirish maqsadida  Surxondaryo viloyatida “Kitobxonlik festivali” tashkil etildi. Termiz shahridagi San’at saroyida boshlangan festivalda mehmonlar turli kitobxonlik ko‘rgazmalari va iqtidorli yoshlarning chiqishlari bilan tanishishdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimining o‘rinbosari Zulxumor Xidirova hamda viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Xusniddin Mamadiyevlar so‘zga chiqib, yurtimizda kitobxonlikni keng targ‘ib etish maqsadida amalga oshirilayotgan islohotlarni e’tirof etishdi. Viloyat bolalar kutubxonasining eski binosi ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirilgani ham kitobxonlikka qaratilgan ulkan e’tiborning yorqin namunasi ekanligi ta’kidlandi.

Festival doirasida kitobxonlik ko‘rik-tanlovlarining g‘oliblari taqdirlandi. Shundan so‘ng, yangragan kuy-qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat bag‘ishladi. Tadbir soʻngida festival estafetasi Qashqadaryo viloyatiga topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

“Qogʻozsiz bir kun”

Oʻzbekistonda davlat idoralarida qogʻoz sarfini keskin kamaytirish va ish...

Ochiq mavsum va keng imkoniyatlar

Turizm sohasini rivojlantirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilandi. Xalqaro bozordagi...

Muhim qaror

Sariosiyolik Abdurashid Xaliqov o‘z hayoti davomida halol mehnati bilan...

Navro‘z – hamjihatlik timsoli

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Bandixon tumanida keng ko‘lamli...
KunTun
KunTun