Orzu va umidlar atlasimda jam

Date:

Yurtimizda milliy merosimizni asrab-avaylash, qadimiy san’at va hunarmandchilikni tiklash, ma’naviy hayotimizga yanada chuqurroq singdirish maqsadida turli madaniy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda. Viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi tashabbusi bilan tashkil etilgan “Xon atlas” tadbiri ham ana shunday ma’naviyat bayramiga aylandi.
Asrlar davomida xalqimizning yuksak didini ifoda etgan atlas va adras matolari bugungi kunda ham milliy iftixorimiz hisoblanadi. “Xon atlas”ning yaratilishi haqida turli rivoyatlar mavjud bo‘lib, unda tabiat manzaralari, inson orzu-umidlari va hayotiy falsafa ranglar uyg‘unligida o‘z ifodasini topgan. Adras esa yengilligi va bardoshliligi bilan ajralib turadi, u ham xalqimizning kundalik va bayram liboslarida chuqur o‘rin tutadi.
Tadbirda milliy liboslar ko‘rgazmasi, hunarmandlar ishlanmalari va atlas to‘qish jarayonining turli bosqichlari namoyish etildi. Bu orqali xodimlar xalqimiz asrlar osha asrab kelgan bebaho merosi bilan yaqindan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Tadbir baxshilarning aytishuvlariga ulanib ketdi. Sababi, Surxondaryo — baxshilarga beshik bo‘lgan, qahramonlik va ma’naviyat qo‘shiqlari jaranglaydigan hudud. Shuning uchun kechaga Elyor baxshi mehmon sifatida ishtirok etdi.
Baxshining ijrosi, termalardan aytgan parchalari barchada katta taassurot qoldirdi. Bu aytimlarda milliy qahramonlarimiz, xalq og‘zaki ijodining boy xazinasi, mardlik va sadoqat kabi yuksak g‘oyalar yorqin tarzda tarannum etildi.
Milliyligimiz tarannum etilgan tadbirda viloyat Favqulodda vaziyatlar bosh-qarmasi jamoasi nafaqat milliy mato-larning go‘zalli-gidan bahramand bo‘ldi, balki baxshichilik san’atidan ma’naviy ozuqa oldi.

Zulfiya Sohibova,
viloyat FVB axborot xizmati yetakchi mutaxassisi

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kredit to‘lovi yechilgach, kartada 680 ming so‘m qolishi shart

Markaziy bankning Nizomiga kiritilgan yangi talabga ko‘ra, kredit yoki...

Kamchiliklar muhokamada

Sherobod tumani IIBda 2026-yilning 9 oylik faoliyati yakunlari tanqidiy...

«Baxt ostonasi: Mustahkam oilaning oltin qoidalari»

Sho‘rchi tumanida yosh kelin-kuyovlarni oilaviy hayotga tayyorlash, oilalarda sog‘lom...

Natija quvonarli

Termiz shahrida 20 yoshgacha bo‘lgan o‘g‘il-qizlar o‘rtasida gandbol bo‘yicha...
KunTun
KunTun