Saxiy duradgor

Date:

Kichkina qishloqlarning birida duradgor usta yashar edi. U yogʻochlarga chiroyli naqshlar berib qimmat narxga sotardi. Kunlarning birida uning oldiga bir chol kelib:

– Sen bu mehnating orqali yaxshi topasan, lekin faqir muxtojlarga hech ham xayr-ehson qilmaysan. Ana u qassobni qara, u oz topsa ham, deyarli har kuni faqirlarga goʻsht tarqatadi, – debdi.

Duradgor cholga qarab jilmayibdi, lekin indamabdi, shunda chol javob olmagach, duradgor yonidan gʻazablanib chiqib ketibdi. Bu voqeadan keyin qishloqda:

– Usta boy lekin xasis ekan, degan gap tarqalibdi va qishloqdagilar duradgorni yomon koʻrib qolishibdi.Kunlarning birida, duradgor xastalanib qolibdi. Hech kim undan xabar ham olmabdi. Xasta duradgor yolgʻizlanib olamdan koʻz yumibdi.

Kunlar oʻtib odamlar qassob goʻsht tarqatmay qoʻyganini payqashibdi. Shunda qassobdan nega oldingidek goʻsht tarqatmayotganini soʻrashsa, u:

– Duradgor usta hayotlik chogʻida har safar pul olib kelib, mendan faqirlarga goʻsht tarqatishimni soʻrardi. Hozir esa duradgor yoʻq. Endi hech kim pul olib kelmayabdi, – deb javob beribdi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Yangi hamkorlik tizimi joriy etiladi

Hukumatning 2026-yil 9-yanvardagi 8-son qarori bilan oliy ta’lim tashkilotlari...

Notarial harakatlar onlayn tarzda…

“Notarial harakatlarni videokonferensaloqa rejimi orqali amalga oshirish tartibi to‘g‘risida”gi...

Kerakli choralar ko‘rildi

Surxondaryo viloyati Ekologiya va iqlim o‘zgarishi bosh boshqarmasi hamda...

Muammosi hal

Turmushdagi og‘ir sharoitlar sababli uysiz qolib, birovlarning uyida yashab...
KunTun
KunTun