Ogohlik – burchimiz

Date:

Jarqo‘rg‘on tumani Favqulodda vaziyatlar bo‘limi tomonidan joriy yilning 15-sentyabrdan 15-oktyabr kuniga qadar o‘tkazilayotgan “Yong‘indan ogohlik” umummilliy kompaniyasi oyligi doirasida qator amaliy va profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan kommunal sohadagi yirik avariyalarni Favqulodda vaziyatlar davlat quyi tizimi xizmatlari ishtirokida tezkorlik bilan bartaraf etish maqsadida tuman elektr tarmoqlari korxonasida amaliy maxsus-taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.

Shuningdek, yong‘in portlash xavfi yuqori bo‘lgan “Farovon Sifat Surxon” MChJda yong‘inlarning oldini olish va ularni bartaraf etish bo‘yicha mashg‘ulotlar o‘tkazildi.

Bundan tashqari, odamlar ko‘p to‘planadigan maskanlar, bozorlar va yirik savdo shaxobchalarida yong‘in xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan profilaktik tadbirlar uzluksiz davom ettirilmoqda.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun