Qo‘riqlash qamrovi oshiriladi

Date:

Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha tashkiliy-profilaktik tadbirlar samaradorligini yanada oshirish, ijtimoiy profilaktika tadbirlarini amalga oshiruvchi subyektlarning shaxsiy javobgarligini kuchaytirish, kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda alohida yondashuv asosida manzilli ishlash mexanizmlarini joriy etish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga mahallalarda jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimi natijadorligini yanada oshirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi PQ-253-son qarori qabul qilindi.

Ushbu qarorni qabul qilishdan ko‘zlangan asosiy maqsadlar etib oxirgi besh yil davomida kriminogen vaziyati murakkab bo‘lgan “qizil” toifaga kiritilgan mahallalarda joriy yil yakuniga qadar alohida tashkiliy-profilaktik tadbirlarni o‘tkazish orqali xavfsiz muhitni yaratish, kriminogen vaziyati murakkab mahallalarni sun’iy intellektda ishlovchi maxsus dasturiy ta’minotga integratsiya qilingan zamonaviy kuzatuv kameralari bilan to‘liq qamrab olish, joriy yil yakuniga qadar jismoniy shaxslar mol-mulkini texnik qo‘riqlash qamrovini 30 foizga, yuridik shaxslar mol-mulkini qo‘riqlash qamrovini esa 60 foizga yetkazish, kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda manzilli tadbirlarning natijadorligini ta’minlashda mahalliy hokimliklar, davlat organlari va tashkilotlar, ta’lim va ilmiy muassasalar rahbarlarining shaxsiy mas’uliyatini oshirish belgilandi.

Kriminogen vaziyati murakkab mahallalarda jinoyatlarning oldini olishga qaratilgan konsepsiyani to‘laqonli joriy etish bo‘yicha mas’ullarga shaxsiy javobgarlik yuklatilib, joylarda ishlarni samarali yo‘lga qo‘yish zarurligi yuzasidan qat’iy ogohlantirildi.

I.Saidkulov,

Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun