Jamoatchilik nazoratidan samarali hamkorlik sari

Date:

Mamlakatimizda fuqarolik jamiyatini rivojlantirish, nodavlat notijorat tashkilotlari (NNT) faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va ular uchun qulay muhit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Shu maqsadda ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va rolini kuchaytirishga qaratilgan bir qator qonun va me’yoriy hujjatlar qabul qilindi.

Yangi tartib va mexanizmlar bilan jamoatchilik nazorati va ijtimoiy sheriklik yanada mustahkamlandi. Endi davlat va jamiyat boshqaruvida NNTlarning o‘rni kuchayadi. Ma’muriy javobgarlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritilib, NNT faoliyatiga noqonuniy aralashish, jamoatchilik nazorati natijalarini ko‘rib chiqmaslik yoki homiylik qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik belgilandi.

“Ijtimoiy sheriklik” va “NNTlar faoliyatining kafolatlari” haqidagi qonunlarga qo‘shimchalar kiritilib, fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari kengaytirildi. Davlat organlari endilikda ijtimoiy buyurtmalarni bevosita NNTlarga berishi mumkin bo‘ldi. NNTlarni ro‘yxatga olish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish va homiylik faoliyatini yuritish tartiblari soddalashtirildi.

Jamoat fondlari faoliyatida ham muhim yangiliklar joriy etildi, ya’ni Fond muassislariga qo‘yiladigan talablar kuchaytirildi. Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibi aniqlashtirildi. Fondlarning mol-mulkidan foydalanish erkinlashtirildi. Agar fond bir yil davomida faoliyat yuritmasa, auditorlik tekshiruvi ixtiyoriy bo‘ladi.

Qabul qilingan qonun va yangiliklar NNTlar faoliyatini samarali qilish, jamoatchilik nazoratini kuchaytirish, byurokratik to‘siqlarni kamaytirish hamda homiylik faoliyatida shaffoflikni ta’minlashga xizmat qiladi.

F.T.Raxmatullayev,

Bosh prokuratura boshqarma katta prokurori

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Kuchga kiradigan yangi tartiblar

Joriy yil 1-apreldan boshlab quyidagi o‘zgarishlar joriy etiladi: Zo‘ravonlikka uchragan...

Daromaddan chegirmagacha…

2026-yil 1-sentyabrdan san’atkorlar va ijodiy jamoalar har bir to‘y...

Shaxsga doir ma’lumotlarni xorijda saqlash mumkinmi?

2026-yil 27-martdan e’tiboran “Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan...

O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti sinovdan o‘tkaziladi

2026-yilda O‘zbekistonda sun’iy yo‘ldosh interneti, jumladan Starlink texnologiyasi asosida...
KunTun
KunTun