130 million so‘mgacha foizsiz ssuda

Date:

Yoshlarning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularni tadbirkorlikka keng jalb etish va chekka hududlarda xorijiy tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish maqsadida “Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi” tomonidan “Ko‘mak” loyihasi amalga oshirilmoqda.

Mazkur loyiha xorijiy tillardan C1 darajadagi milliy yoki unga teng xalqaro sertifikatga ega bo‘lgan yoshlarga katta imkoniyat yaratadi. Ular mazkur dasturdan foydalanib, chet tillarga ixtisoslashgan o‘quv markazlarini tashkil etishlari mumkin. Bu esa o‘z navbatida, yoshlar uchun yangi ish o‘rinlari yaratish, ta’lim sifatini oshirish va hududlarda chet tillarni o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Eng qulay jihati shundaki, ushbu loyiha doirasida yoshlarga 3 yil muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan 130 million so‘mgacha foizsiz ssuda (qarz) beriladi. Bunday moliyaviy ko‘mak yoshlarning orzularini amalga oshirish, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish va ta’lim sohasiga o‘z hissasini qo‘shishda katta turtki bo‘ladi. “Ko‘mak” loyihasi nafaqat o‘quv markazlari ochish, balki yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirish, tashabbuslarini ro‘yobga chiqarish va mamlakatimizda xorijiy tillar o‘qitilishini yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun