Varrak

Date:

Kichkina ukam yugurib hovliga chiqdi. Qo‘lida varrak, shasht bilan turibdi. E’tibor qilsam, varrak yasalgan qog‘ozda qandaydir yozuvlar bor.

Qiziqdim.

Yo tavba, dadamning harbiy xizmatda onamga yozgan maktublari ekan… 

Bu xat ukamning qo‘liga qanday tushib qolganini o‘ylagunimcha, dadam va onamning oppoq orzulari ukajonimning qo‘lida osmonlarni quchib uchardi.

Munisa A’zamova

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun