Pedagoglarga yangi imkoniyatlar

Date:

Yangi yil bilan birga pedagoglar hayotida ham katta o‘zgarishlar, yangi imtiyoz va qulayliklar kirib kelmoqda. Prezident o‘qituvchi va murabbiylar bilan muloqotida ta’lim fidoyilarini yanada qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan qator tashabbuslarni ilgari surdi.

Endi:

  • 15 yildan ortiq tajribaga ega oliy toifali ustozlarning ipoteka krediti boshlang‘ich badalining 25 foizi davlat tomonidan qoplab beriladi;
  • pedagoglarning farzandlari oliygohlarda 30 foizlik kontrakt chegirmasiga ega bo‘ladi;
  • o‘qituvchilarga 10 million so‘mgacha imtiyozli kompyuter krediti ajratiladi;
  • davlat xizmatlari uchun to‘lovlar 2 barobarga qisqartiriladi;
  • boshlang‘ich sinf o‘qituvchilariga ham milliy sertifikat tizimi joriy etilib, unga ega bo‘lganlarga har oy 15 foizlik ustama belgilanadi;
  • bakalavrni imtiyozli diplom bilan tugatganlarga avtomatik 2-toifa, magistrlarga esa 1-toifa malaka beriladi;
  • xorijdagi TOP-300 oliygohlarda tahsil olayotgan pedagoglarga 20 ming dollargacha imtiyozli ta’lim krediti ajratiladi;
  • yuqori reytingli maktab, bog‘cha, texnikum va oliygoh pedagoglari yiliga bir marta sayohat uchun samolyot va poyezd chipta narxlarida chegirmalarga ega bo‘ladilar.

Bu imtiyozlarning barchasi – pedagog mehnatiga bo‘lgan yuksak e’tibor va hurmat ifodasi. Zero, jamiyatning ertangi kuni, Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti ustozlarning bilim va fidoyiligiga bog‘liq.

Davlat rahbari o‘z so‘zida: “Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot mo‘jizasini sizlar bilan birga albatta yarata olamiz”, deya ustozlarga ishonch va motivatsiya berdi.

Bugun pedagog nafaqat o‘qituvchi, balki jamiyatni yuksaltiruvchi yetakchi kuch. Endi ustozlar yanada qulay sharoitlarda ishlaydi, ko‘proq qadrlanadi va jamiyatda munosib o‘rnini yanada mustahkamlaydi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Retseptsiz sotsa, jazosi og‘ir

2026-yil 6-martda qabul qilingan qonunga muvofiq, tarkibida kuchli ta’sir...

Ichimlik suvi tarmog‘i kengaytirildi

Sariosiyo tumanidagi Alisher Navoiy mahallasida infratuzilmani yaxshilash bo‘yicha berilgan...

Xavfsizlik birinchi o‘rinda

Termiz tumanida umumxalq bayrami Navro‘zni tinch va xavfsiz muhitda...

Xonjizadan  taralgan ma’rifat  nuri

Buyuk ajdodlarimiz hayotini o‘rganish, ular qoldirgan ilmiy merosdan inson...
KunTun
KunTun