Savdogar

Date:

— Aka, men halol odamman, birovning rizqini yemaganman, yemayman ham.

Shunday deb savdogar qo‘lidagi pullar orasidan bir siqimini bildirmasdan sug‘urib oldi. Sigirini sotgan bir qo‘li yo‘q otaxon miyig‘ida kuldi:

— O‘g‘lim, sizdaqalar ko‘paysin, men bir majruh odamman-da, bir qo‘lda pul sanab o‘tirmayman, sizga ishondim.

U qo‘ltig‘iga qistirilgan pullarini olib jim ketaverdi.

Nuriddin Ziyo

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun