Termizda qulay va xavfsiz muhit yaratiladi

Date:

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hududlardagi o‘rganish ishlaridan so‘ng, Termiz shahrining markaziy ko‘chalarida amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash, shuningdek, ko‘p qavatli turar joylar qurilishi bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida mas’ullar amalga oshirilayotgan loyihalar, shuningdek, avvalgi tashriflarda berilgan topshiriqlar ijrosi yuzasidan axborot berdi. Hokim tadbirkorlar bilan suhbatlashib, ularning muammolarini tingladi. Infratuzilma va boshqa dolzarb masalalar bo‘yicha ayrim muammolar joyida hal etilgan bo‘lsa, muddat talab etadigan masalalar mas’ullarga biriktirilib, ijrosini ta’minlash topshirildi.

Obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tizimli va uzluksiz yo‘lga qo‘yish, qurilish loyihalarini belgilangan me’yor va talablar asosida yuqori sifatda amalga oshirish, shuningdek, yo‘llarni piyodalar uchun qulay va xavfsiz muhitga aylantirish yuzasidan tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun