Matbuot kotiblari “Media oromgoh”da

Date:

“Summer media camp 2025” loyihasi doirasida Yoshlar ishlari agentligi, Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish agentligi hamda bir qator xalqaro hamkorlar tomonidan Bo‘stonliq tumanidagi “Yoshlar oromgohi”da media oromgoh tashkil etilib, barcha hududlaridan media sohasiga qiziquvchi 50 nafar yosh bilan bir qatorda Yoshlar ishlari agentligining hududlardagi matbuot kotiblari ham ishtirok etdi.

Mazkur oromgohda ishtirokchilar media savodxonlikni oshirish, axborot siyosatida dolzarb mavzularni yoritish, foto va videokontent tayyorlash ko‘nikmalarini kuchaytirish, PR va SMM bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlarda qatnashish imkoniyatiga ega bo‘ldi.

Ushbu tashabbus nafaqat o‘zaro tajriba almashish, balki hududiy matbuot kotiblarining kasbiy mahoratini oshirish, yoshlar bilan ishlash jarayonida samarali kommunikatsiyani yo‘lga qo‘yish uchun ham muhim maydonga aylandi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun