Erkinlikni ta’minlash – oliy maqsad”

Date:

Boysun tumanining “Mustaqillik” mahallasida joylashgan 6-son Bolalar musiqa va san’at maktabida “Insonning huquq va erkinliklarini ta’minlash – davlatning oliy maqsadidir” mavzusida navbatdagi Ombudsman maktabi tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2025-yil 19-martdagi yalpi majlisi qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida aholining huquqiy xabardorligini oshirish, inson huquq va erkinliklari sohasidagi islohotlar haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berish, shuningdek, mahallalarda huquqiy targ‘ibotni kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.

Ma’ruzachilar tomonidan “Kiberjinoyatchilik va moliyaviy firibgarlik: shaxsga doir ma’lumotlarni o‘g‘irlash, plastik kartalardagi mablag‘larni o‘zlashtirish va hisob-raqamlarga kiberxujumlar orqali amalga oshirilayotgan jinoyatlarning oldini olish choralari”, “Xususiy sektorda mehnat munosabatlarini tartibga solish: ish beruvchi va xodim o‘rtasidagi huquqiy munosabatlar va mehnat qonunchiligidagi asosiy talablar” mavzularida maʼruzalar qilindi.

Shuningdek, “Mehnat migratsiyasi masalalari: O‘zbekiston fuqarolarini xorijda tashkillashtirilgan tarzda mehnat faoliyatiga yuborish tartiblari va bu borada qabul qilingan qonun hujjatlarining mazmun-mohiyati” tushuntirildi.

Yakunda ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi va huquqiy masalalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berildi.

Oldingi sahifaUstozi AQShdan
Keyingi sahifaXitoy tajribasi asosida

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

12 ta sessiya o‘tkazildi

Viloyat Kasaba uyushmasi binosida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengashining...

“Vatanni tanlab bo‘lmaydi…”

Donolarning: “Bu dunyoda ota-onani va Vatanni tanlab bo‘lmaydi”, degan...

TERMIZIYLARNING BENAZIR MEROSI

Surxon zamini ulug‘ mutafakkirlar, olim-u fuzalolar yurtidir. Ayniqsa, IX...

Yondashuv xolis, korrupsiya ojiz…

Bugun viloyatimizda sport sohasini rivojlantirish, yoshlarni sog‘lom turmush tarziga...
KunTun
KunTun