Suv ta’minoti yaxshilanadi

Date:

Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish va suvdan oqilona foydalanish bugungi kunning eng muhim masalalaridan biri hisoblanadi. Prezidentimiz tomonidan belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Sariosiyo tumani hokimi Abduqodir Donayev, viloyat hokimining o‘rinbosari Ilhom Saparov hamda mas’ullar tumanning Dashnobod hududida joylashgan “Jar osti-1” kanalida olib borilayotgan tozalash va beton qoplama ishlari jarayonini o‘rgandi.

Ko‘rik davomida ishlarni sifatli bajarish, betonlash jarayonini belgilangan muddatlarda yakunlash va sug‘orish tarmoqlarini mavsumga tayyor holga keltirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriq va tavsiyalar berildi.

Ma’lumot o‘rnida, 2025–2026-yillarda tuman Suv yetkazib berish davlat muassasasi tomonidan 30 kilometr uzunlikdagi ichki sug‘orish tarmoqlarini betonlashtirish rejalashtirilgan. Hozirga qadar 1,05 kilometr ichki sug‘orish tarmoqlariga beton qoplamalar yotqizildi.

Natijada samarasiz isrof bo‘layotgan suv kamayib, 530 gektar yer maydonida suv ta’minoti yaxshilanadi. Bu esa ekin yerlari hosildorligini oshirish, aholining tomorqa maydonlarini sug‘orish imkoniyatlarini kengaytirish hamda klaster va fermer xo‘jaliklarining daromadlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun