Bilimi va iqtidori yuzaga chiqdi

Date:

Surxondaryo viloyat bolalar kutubxonasida “Kitobxonlik festivali” doirasida o‘tkaziladigan “Eng faol maktab kutubxonachisi” ko‘rik tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi. Tanlov 3 shart asosida o‘tkazildi.

Ishtirokchilar Yangi O‘zbekistonda mening kutubxonam — “Buguni va istiqboli” loyihasining taqdimotini qilishgan bo‘lsa, sohaga oid savol-javoblarda bilimlari sinovdan o‘tdi. Shuningdek, ishtirokchilar mustaqil ravishda sohaga oid jarayonlarni amalga oshirdilar. Har bir shart qiziqarli va ishtirokchilarning bilim va salohiyatlarini, iqtidorlarini yuzaga chiqarishga xizmat qildi.

Yakuniy natijalarga ko‘ra  Termiz tumanidagi  16-umumiy o‘rta ta’lim maktabi  kutubxonachisi Nigora Primqulova 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun