“1+5” bakalavr taʼlim shakli joriy qilinadi

Date:

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida boʻlib oʻtgan taʼlim sohasidagi islohotlar ijrosi va kelgusidagi vazifalar boʻyicha videoselektor yigʻilishida Maktabgacha taʼlim tashkilotlari, shuningdek, unda faoliyat yurituvchi tarbiyachilar haqida ham soʻz bordi.

 “Qamrovni oshirish uchun barcha sharoit qilib beryapmiz, lekin bogʻchalarga yangi nafas, yangi metodika kirib borishi, tarbiyachilarning salohiyati ham shunga yarasha boʻlishi kerak”, – deydi Prezident.

 Yoz mavsumida 118 ming tarbiyachining malakasi oshirildi, lekin bu yetarli emasligi qayd etildi. Shu bois, yangi oʻquv yilidan pedagogika oliygohlarida oʻrta maxsus maʼlumotli tarbiyachilar uchun “1+5” (1 kun oʻqish, 5 kun ish) bakalavr taʼlim shakli joriy qilinadi.  Bu orqali bogʻchalarga har yili qariyb 10 ming oliy maʼlumotli mutaxassis kirib keladi.  Yigʻilishda xususiy bogʻcha bilan davlat bogʻchasi uchun taʼlim-tarbiya sifati boʻyicha yagona yondashuv yoʻqligi koʻrsatib oʻtildi. Shu munosabat bilan kelgusi yilda har bir viloyatda bogʻcha tarbiyachilari pedagogik mahoratini oshirishga metodik koʻmaklashuvchi tayanch “Yangi avlod” bogʻchalari barpo qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun