Mitti haqiqat

Date:

Turmush – doim seni biror nima xarid qilishga undaydi, doim, xuddi, nafas olishdek, doim, seni ta’qib qiladi. Ular ham navbatdagi nafasni olish uchun doʻkonga borishdi. Tez orada, doʻkondan qaytib, mashinaga qarab oʻrishgandi, taxminan oʻn yoshlardagi qizcha ularga ham nafas olishni taklif qildi: aka, blinchik oling, ikki mingdan! Ularning qorni toʻq edi, mashinaga ham oʻtirib boʻlishdi. Qizcha mashina oynasini taqillatdi: aka, blinchik oling, har bir mashina ikkitadan olyapti. Ular mashina oynasini ochishdi:

– Nechta qoldi?- Ikki mingdan.

– Hop, blinchiging nechta qoldi, shularni sotsang uyingga ketasanmi?

– Toʻrtta qoldi, ha ketaman…

– Unda senga sakkiz ming beraman, keyin uyingga ketasan, ha aytgancha, qorning toʻqmi?

– Ha, toʻq.

– Bizning ham qornimiz toʻq, shuning uchun blinchiging kerak emas, oʻzingga olib qoʻyaver, uni bizga sotgansan deb hisoblaymiz.

Qiz indamay, deyarli tushunmay qoldi, unga bunday holatda oʻzini qanday tutish kerakligi oʻrgatilmagandi, unga faqat qanday sotish oʻrgatilgan.

– Mana pul, endi toʻgʻri uyingga bor.

– Hop, rahmat.

Qizcha pulni oldi va choʻntagiga solib qoʻydi, havo biroz sovuq boʻlsa ham, doʻkon yonidagi oʻrindiqqa oʻtirdi. U nimanidir oʻylagan boʻlib, biroz jimib qoldi. Bir odamlarga, bir mashinalarga qarar ekan, idishidan bir dona blinchik oldi va asta-sekin yeyishni boshladi…

Ahmad Ali Dilmurod

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun