Harbiy aviatsiya – xalq xizmatida

Date:

Havo hujumidan mudofaa qo‘shinlari va Harbiy havo kuchlari qo‘mondonligining samo lochinlari “Xalq va armiya – bir tan-u bir jon” degan ulug‘vor g‘oya ostida Sariosiyo tumanining “Xufar” mahallasi fuqarolarini toza ichimlik suvi bilan ta’minlashda o‘z hissasini qo‘shmoqda.

Xususan, tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikda, dengiz sathidan 1500 metr balandlikda joylashgan ushbu chekka hududga ichimlik suvi tortish uchun zarur bo‘lgan quvurlar, texnik vositalar va boshqa mahsulotlar harbiy aviatsiya vositalari yordamida havo yo‘li orqali muvaffaqiyatli yetkazib berildi.

Ushbu ezgu tashabbus, mamlakatimiz qurolli kuchlari nafaqat yurt tinchligi va sarhadlar daxlsizligini himoya qilish, balki xalqimiz farovonligini ta’minlash yo‘lida ham sidqidildan xizmat qilayotganini yana bir bor namoyon etdi.

Harbiy-havo kuchlarining bu kabi tashabbuslari, armiya bilan xalq o‘rtasidagi uzviy bog‘liqlik, o‘zaro ishonch va hamkorlikning yorqin ifodasidir.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Ayrim maktablarda ingliz tilida ta’lim beriladi

Ayrim maktablarda fanlarni ingliz tilida o‘qitish tajribasini yo‘lga qo‘yish...

Shamsiddin Vohidov — ikki karra Olimpiada chempioni

Xalqaro maydonlarda O‘zbekiston sharafini munosib himoya qilib kelayotgan surxondaryolik...

39 xonadonga tomorqadan daromad olish imkoniyati yaratildi

Bandixon tumanida aholini kambag‘allikdan chiqarish, bandligini ta’minlash va oilalar...

Tadbirkorlar bilan ochiq muloqot

Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash hamda tadbirkorlarning qonuniy...
KunTun
KunTun