Suv ta’minoti yanada yaxshilanadi

Date:

Sariosiyo tumanidagi “Hamkorlik” mahallasi “Tashabbusli budjet” 2025-yil 2-mavsum loyihasida eng ko‘p (8816) ovoz olib, g‘olib bo‘ldi. Endilikda “Hamkorlik” mahallasi toza ichimlik suv ta’minoti yanada yaxshilanadi.

Mahallada mustaqillik tadbiri nishonlandi hamda ijtimoiy reyestrda turuvchi oilalarning 4 nafar farzandiga sunnat to‘yi o‘tkazib berildi. Tadbirda tuman hokimi Abduqodir Donayev barchani bayram bilan qutlab, tadbir tashkilotchilarga minnatdorlik bildirdi. To‘y bolalarni aqlli va zukko, yurt koriga yaraydigan, el xizmatiga kamarbasta azamat o‘g‘lonlar bo‘lishini tiladi.

To‘kin dasturxon atrofidagi serfayz davrada nuroniylar el-yurtga tinchlik-xotirjamlik, Vatanimizga obodlik, xalqimizga farovonlik va yosh avlodga baxt-u kamol tilab, duoga qo‘l ochdi. To‘y bolalarning har biriga bosh-oyoq sarpo, velosiped va boshqa sovg‘alar topshirildi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun