Dronlar orqali nazorat

Date:

Jinoyatchilikka moyil hududlarda huquqbuzarliklarni oldini olish va aniqlash maqsadida dronlardan foydalanish boshlandi.

Ichki ishlar organlari huquqbuzarliklar xavfi yuqori hududlarda bezorilik, ekologiya va giyohvandlikka oid qonunbuzarliklarni oldini olish hamda nazorat qilish maqsadida dronlardan foydalanmoqda. Bu tashabbus Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2024-yildagi hududga tashrifi chog‘ida berilgan topshiriq asosida amalga oshirilgan.

Hozirda 5 ta viloyatdagi 84 bo‘linma dronlar bilan ta’minlangan. 2026-yil oxiriga qadar mamlakatdagi barcha tuman va shahar ichki ishlar bo‘linmalari dronlar bilan to‘liq jihozlanishi rejalashtirilgan.

Dronlar asosan mayda bezorilik, ekologik qonunbuzarliklar, giyohvandlik vositalari bilan bog‘liq holatlarni hamda xavfli hududlardagi huquqbuzarliklarni nazorat qilish uchun qo‘llanilmoqda. Shu bilan birga, dronlarni boshqarish bo‘yicha kadrlar tayyorlash tizimi yo‘lga qo‘yilgan.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun