Uy-joy sotib olsa, keshbek

Date:

Qurilish sektorida yashirin iqtisodiyotning ulushini kamaytirish maqsadida jismoniy shaxslarga oldi-sotdi bitimi summasidan 5−6 foiz keshbek joriy etilishi mumkin.

O‘zbekistonda uy-joy sotib olishda keshbek joriy etish masalasi ko‘rib chiqilyapti. Bu haqda 29 avgust kuni Savdo-sanoat palatasi tomonidan qurilish sohasi vakillari bilan tashkil etilgan ochiq muloqotda ma’lum qilindi.

Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vahobovning so‘zlariga ko‘ra, uy-joylarning atigi 10 foizga yaqini qo‘shilgan qiymat solig‘i bilan, qolgan 90 foizi esa soliqsiz sotib olinyapti.

«Jismoniy shaxslar uchun 4−5 foiz keshbek joriy etish bo‘yicha fikrlar bor, shunda ular quruvchiga murojaat qilib, oldi-sotdi bitimi summasidan 5−6 foiz keshbek olish uchun hisobvaraq-fakturani talab qilishadi. Balki bu vaziyatni o‘zgartirishga yordam berar?» — dedi Vahobov. Avvalroq, O‘zbekistonda uy-joy oldi-sotdisini amalga oshirishda naqd puldan voz kechish rejalashtirilayotgani xabar qilingandi. Soliq qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari Mubin Mirzayevga ko‘ra, bu yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashishga qaratilgan.

Oldingi sahifaHech qachon yiqilma
Keyingi sahifaDronlar orqali nazorat

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun