407 nafar sportchi finalda

Date:

Prezidentimizning 2028-yilda Los-Anjeles shahrida (AQSH) bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlariga munosib tarzda sportchilar tayyorlash, shuningdek, milliy terma jamoa uchun sportchilar zaxirasini kengaytirish borasidagi tashabbuslari asosida yurtimizda uch bosqichli “Yangi O‘zbekiston Olimpiya cho‘qqilari” sport musobaqalari tashkil etilmoqda.

Joriy yilda Surxondaryo viloyatida mazkur musobaqalarda ishtirok etish uchun jami 21 512 nafar sportchi ro‘yxatdan o‘tdi. Mintaqaviy bosqichda g‘olib chiqqan iqtidorli sportchilar o‘rtasidagi ikkinchi bosqich — “Hudud musobaqasi” sportning 10 turi bo‘yicha o‘tkazilib, g‘oliblar aniqlandi.

Termiz shahridagi “Kurash” sport majmuasida viloyat bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 407 nafar sportchini tabrikladi hamda ularga respublika bosqichida omad tiladi.

Ma’lumot uchun, respublika final bosqichida g‘olib bo‘lgan sportchilar moddiy rag‘batlantiriladi va turli imtiyozlarga ega bo‘ladi. Xususan:1- va 2-o‘rin sohiblari Respublika olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markaziga, 3-o‘rin sohiblari esa hududiy olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlariga imtiyozli tartibda qabul qilinadi.

Xabarni ulashish:

Obuna bo‘ling

Dolzarb xabarlar

Tavsiya qilamiz
Related

Sog‘lom ona — sog‘lom farzand tarbiyalaydi

Ona — dunyodagi eng mo‘tabar zotlardan biri. Har bir...

Ko‘kalamzorlashtirish ishlari davom etmoqda

Angor tumanida hududlar ozodaligini ta’minlash, ko‘cha va yo‘l yoqalarini...

Kitobxon yoshlar taqdirlandi

Termiz shahridagi 26-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yoshlar va...

Uchinchi bosqichga start berildi

Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov boshchiligida videokonferensaloqa shaklida yig‘ilish...
KunTun
KunTun